Текст песни
Keragimda izlagan ey do'st
Foydam tegsa sizlagan ey do'st
Ishi bitsa ishi bo'lmasdan
Meni ko'rsa muzlagan ey do'st
Dardlarimni aytdim ishonib
Tinglaganday bo'ldi bir yonib
Kulsa ko'zyosh zimdan quvonib
Dil yaramni tuzlagan ey do'st
Ko'rishmasak bo'lar edik zor
Ham hayotda ham ishda hamkor
Kibr yomon ayladi abgor
Pinagini buzmagan ey do'st
Do'st do'st do'st do'st
Ortimdan gapirgan o'sha do'st
Do'st do'st do'st do'st
Axir hammada bordur kam ko'st