Текст песни
Ichimda dardim bilar
Qo'limda qadah to'la
Go'yo sharob mening
Dardim olar bir zum bo'lsada
Nechun bahorgi barglar
Kuz kelganda sarg'ayar
Nechun dunyoda kimdir kulganida
Kimdir yig'lar
Bir kam dunyo bu hayot
Joni fido insonga
Bu hayot oson doim
Oqibatsiz yashaganga
Bu hayot oson doim
Oqibatsiz yashaganga
Har kimda bordir tashvish
Har xildir do'st-u tanish
O'ziga to'q ozin o'ylab
Yashaydi kayfin qilib
Kimnidir baxti qora
Bu yurakda ming yara
Shu holicha yashar
Imkon qadar sabr qilib