Текст песни
Bir uyda kecha-kunduz bo`zlashadi bolalar,
Gir aylanib, onasin izlashadi bolalar.
Kattasining ohlari to`kilganda dilidan,
Iymoni bor odamning qonlar oqar dilidan.
Bu uyda kecha-kunduz bo`zlashadi bolalar,
Gir aylanib, onasin izlashadi bolalar.
Ona, ona, onajon, uyga sig`may ketyabman,
Kunduz chopib, tun chopib, sizga yetmay o`tyabman.
Devordagi osig`liq ro`molingiz yig`laydi,
Uy ichida charx urib, uvolingiz yig`laydi.
Ismimda jon yig`lar, dasturxonda non yig`lar,
Piyolada choy yig`lar, yulduz yig`lar, oy yig`lar.
Sizni kunduz axtarsam, kunduz yig`lar biz bilan,
Uydagi gul, dov-daraxt, ildiz yig`lar biz bilan.
Chohga tushgan toychoqdek talpinamiz siz tomon,
Tilni tishlab yig`laymiz, ko`rmaysizda onajon.
Onajon…
Oh, onajon, onajon, bo`zlayverib sil bo`ldim,
Borsa kelmas yo`llardan izlayverib sil bo`ldim.
Ovutolmay singlimni yig`laydilar dadam ham,
Boshin mushtlab, jonini tig`laydilar dadam ham.
Ko`rgim kelar, onajon… Ko`rgim kelar, onajon…
Ko`rgim kelar sizni…
Sizsiz dunyo qorong`u, xunuk ekan uyimiz,
Ezib qo`ydi bizni g`am, qachon o`sar bo`yimiz?
Bo`lardi-ku, onajon, o`ylasangiz bizlarni,
Kim oladi bag`riga yetim o`g`il-qizlarni?