Текст песни
Ko'zlaring buncha go'zal
Ko'zlarim lol ayladi
Lablaring shirin asal
So'zlaring bol ayladi
Sen malak siymo gulim
Sochlarida sumbulim
Ishqingda soqov tilim
Qaddimni dol ayladi
Tun kecha oydin kecha
Mahallangni kezarman
Gul bilan gullar bilan
Derazangni bezarman
Tong saharda uyg'onib
Quvonchdan quvnab yonib
Shodlanib sho'x to'lg'onib
O'ynaganing sezarman