Текст песни
O'z yurtida emas o'zga yurtda qishlaydilar
Kecha kunduz tinim bilmay ishlaydilar
Holdan toysa hamki charchoq sezmaydilar
O'zga yurtda halol rizqin terganlarim
Salom sizga musofirda yurganlarim
O'zga yurtda halol rizqin terganlarim
Salom sizga musofirda yurganlarim
Sog'inishar ota ona oilasini
Yuzlaridan o'pay deydi bolasini
Yolg'iz Alloh bilar ko'ngil nolasini
O'zga yurtda halol rizqin terganlarim
Salom sizga musofirda yurganlarim
O'zga yurtda halol rizqin terganlarim
Salom sizga musofirda yurganlarim
Uch to'rt so'm pul topib uyim quray deydi
O'g'il qizim to'ylarini ko'ray deydi
Men ham davru darmonimni suray deydi
O'zga yurtda halol rizqin terganlarim
Salom sizga musofirda yurganlarim
O'zga yurtda halol rizqin terganlarim
Salom sizga musofirda yurganlarim