Текст песни
Maqtanma kuchim ko'p deya
Molu dunyoyim ko'p deya
So'ng ming pushaymonlar yeya
Bu dunyodan ketar bor
Do'stni nazarga ilmay
Yaxshiliklarini bilmay
Ba'zan insofga kelmay
Bu dunyodan ketar bor
Yetar shuncha razolat
Yetar shuncha jaholat
Yomonlikka ne hojat
Bu dunyodan ketar bor
Ko'zing kulib turganda
Yurak urib turganda
Bariga shukur ayla
Bu dunyodan ketar bor