Текст песни
Xayot turmush, o'zi dars,
Muhabbat, ko'ngil, xavas,
Qalbing qiynama ortiq,
Sevgi sen uchun emas.
Gullamay bo'lding hazon,
Senga yetolmas shayton,
Narhing bunchalar arzon,
Sevgi sen uchun emas.
Yoshlik bu bir parcha cho'g',
Bugun bordir erta yo'q,
O'z yo'lingga qazma chog',
Sevgi sen uchun emas.
Istagancha yayraysan,
Gox javrab, gox sayraysan,
Avrab, o'zing aldaysan,
Sevgi sen uchun emas.
To'g'ri, men bir toshbag'ir,
Ertam o'ylayman axir,
So'zlarim olma og'ir,
Sevgi sen uchun emas