Текст песни
Yot uyida “yor-yor” bo`ldi, voy alamjon, jon alam,
Yor o`zgaga yor bo`ldi, voy alamjon, jon alam.
Yorga ohim yetmasmu, vidolashib ketmasmu,
Yangalar hushyor bo`ldi, voy alamjon, jon alam.
Va’da bergan gul qolsin, ishongan bulbul o`lsin,
Muhabbat bozor bo`ldi, voy alamjon, jon alam.
To`yga borganlar aytsin, yorni ko`rganlar aytsin,
Kimga kim ko`p zor bo`ldi, voy alamjon, jon alam.
Ado bo`ldi Mug`anniy, gado bo`ldi Mug`anniy,
Suyanganim tor bo`ldi, voy alamjon, jon alam.
Qochgani yo`l ko`p edi, cho`kkani ko`l ko`p edi,
Ayriliq shior bo`ldi, voy alamjon, jon alam.
Ayriliq shior bo`ldi, voy alamjon, jon alam…