Текст песни
Navro`z kelibon jumlai jahon
Nozlana, nozlana, nozlanajakdir,
Oftob qizitib, asta-sekin
Yozlana, yozlana, yozlanajakdir.
Yashnar tabiat, dashtu adir lola ichida,
Yurtim – chamanim
O`zgacha, o`zgacha pardozlanajakdir.
Qaynar sumalak, qaynar sumalak,
Varrak uchar, to`yu tomosho.
Dillar quvonib, dillar quvonib,
Shodlana, shodlana, parvozlanajakdir.
Navro`z kelibon jumlai jahon
Nozlana, nozlana, nozlanajakdir,
Oftob qizitib, asta-sekin
Yozlana, yozlana, yozlanajakdir.
Javlon uradi davra qurib bizning yigitlar,
Qizlar bezanib,
Nozlana, nozlana, mumtozlanajakdir.
Qaynar sumalak, qaynar sumalak,
Varrak uchar, to`yu tomosho.
Dillar quvonib, dillar quvonib,
Shodlana, shodlana, parvozlanajakdir