Текст песни
Daydi yillar, g`uncha gullar,
Ochilgan bog` aro, bog` aro zor.
O`sha gullar bilan go`zal bitta sanam,
Meni qiynab, bo`ladi dilozor.
Ko`zlar xumor, uni takror
Ko`raman deb, yo`llarida zor-intizor.
Lek u go`zal bilmas buni,
Yuragimda sog`inchli so`zim bor.
Qaramadi qayrilib, so`ramadi bir kelib,
So`ramadi bir kelib u go`zal holimni.
Qaramadi qayrilib, sevganimni u bilib,
Atayin yondiradi dilimni.
Endi ming bor qiynasa yor,
Yoniga borib, sevgimni etay izhor.
Ko`zlarida, so`zlarida bilaman,
Menga bo`lgan ishqi bor.
Baribir bir kuni, o`zim bilan uni
Olib birga ketarman, ketarman.
Hozir esa yana eshitarmi deya,
Shu nolali qo`shig`imni aytarman.
Qaramadi qayrilib, so`ramadi bir kelib,
So`ramadi bir kelib u go`zal holimni.
Qaramadi qayrilib, sevganimni u bilib,
Atayin yondiradi dilimni