Текст песни
O’ngdan keldi kalxatlarni ko’rgan tushim,
Uchdi ketdi boshimdagi xumo qushim.
Qolaverdim toshga urib yetim boshim,
Ketayotib otam fano karvonida,
Diydor qoldi endi mahshar maydonida.
Dadajon, kim so’kadi xato qilsam,
Dadajon, kim turadi to’ylar qilsam.
Dadajon, duolarsiz qanday qilay,
Dadajon, kim kutadi uyga borsam.
Endi belim bog’laganda xizmatiga,
Guldor-guldor ayvon qurib izzatiga.
G’animatim mindi egarsiz otiga,
Davlatshohim ketar fano karvonida,
Diydor qoldi endi mahshar karvonida.
Dadajon, kim so’kadi xato qilsam,
Dadajon, kim turadi to’ylar qilsam.
Dadajon, duolarsiz qanday qilay,
Dadajon, kim kutadi uyga borsam.
Bekasi yo’q bog’ ham bir kun cho’lday bo’lar,
Egasi yo’q millat bir kun qulday bo’lar.
Otasi yo’q hovli qaro yerday bo’lar,
Omonatim ketar fano karvonida,
Diydor qoldi endi mahshar maydonida.
Dadajon, kim so’kadi xato qilsam,
Dadajon, kim turadi to’ylar qilsam.
Dadajon, duolarsiz qanday qilay,
Dadajon, kim kutadi uyga borsam.