Текст песни
Eshitsam gohida yoqam ushlayman,
shunday odamlarni körsatdi taqdir.
Ba'zida g'azabdan qölim mushtlayman,
ey döstim! Gapirsang yuzimga gapir.
Yuzimga aytasan yaxshi, shirin söz.
Ortimdanchi gaping achchiq va taxir.
Qayda bölsak hamki tushar közga köz,
ey döstim! Gapirsang yuzimga gapir.
Yuzga aytganingni zaxri yöq axir.
Aslida bandalar, hammamiz faqir.
Chaqimchi chumchuq, yo dovyurak sher,
nima deging kelsa yuzimga gapir.
Kovlab, kovlab axir g'ovlaysan oxir.
GUNOHI SENGAKU MENGA BARIBIR.
Boringni ochgin sen, qilma yuz xotir,
ey döstim! Gapirsang yuzimga gapir.
Xatto maqtamagin ortimdan meni,
sabring yetmasa gar yoningga chaqir.
Sochmoqchi bölsang ham farqi yöq neni?
Ey döstim! Gapirsang yuzimga gapir,
Özimga gapir...!!!