Текст песни
Farzandlarning baxtisiz dada
Hayotimiz naqshisiz dada
Dunyoda ko'p yaxshi odamlar
Siz hammadan yaxshisiz dada
Farzandlarning baxtisiz dada
Hayotimiz naqshisiz dada
Dunyoda ko'p yaxshi odamlar
Siz hammadan yaxshisiz dada
Bolalik chog'imda asrab, erkalab
Goho onadayin sochlarim tarab Gohida opichlab, ko'nglimga qarab
Siz hammadan yaxshisiz, dada
Siz mening bog'imsiz, suyangan tog'im
To'g'ri yo'l ko'rsatib, adashgan chog'im
Bolam deysiz meni, deysiz oppog'im
Siz hammadan yaxshisiz dada
Siz hammadan yaxshisiz dada
Dardim tinglab topasiz chora
Kecha kunduz bo'lib ovvora
Men aytaman yana ming bora
Siz hammadan yaxshisiz dada
Farzandlarning baxtisiz dada
Hayotimiz naqshisiz dada
Dunyoda ko'p yaxshi odamlar
Siz hammadan yaxshisiz dada