Текст песни
Ehsonlar ham boshqacha
Internet uchun bari
Qilingan ehsonlarni
Vedio qilishlar shartmi
O'ng qo'ling qilgan ishni
Hatto chapi bilmasin
Faqirni vedio qilib
Kontentlar like olmasin
Kimni iti go'sht yeyar
Ba'zi inson unga zor
Kimdirla tirik yetim
Lekin asli ota bor
Zino qilar uyida
Ba'zi bir eri borlar
Kimdurlar abort qilar
Tirnoqqa zor kimdurlar
Birovni haqqin yeyar
Ba'zi bir puli borlar
Dodin hech kim eshitmas
Faqiru bechoralar
Kira qilib pul topar
Orttiray deb bir chaqa
Puli ortsa moshina
Kirar ustaxonaga
To'yib hechovqat yemas
Ba'zi bir qiynalganla
Usti yirtiq qorni och
Kasalmand yana kimlar
Tabaqaga ajratib
Salomlashar sotuvchi
Noshukur ba'zi boylar
Oddiylar qora ishchi
Qani hayot javob ber
Aybdormi odamlar
Qani hayot javob ber
Aybsiz aybdorlar
Ba'zi inson nonga zor
Ba'zilarchi qilib xor
Kimdur mensimas inson
Kimdur kimdan umidvor
Puli borlar butikda
Puli yo'q sandiq kovlar
Topilsa eski ko'ylak
Allohga shukur qilar
Sal qotgan non bo'lsa ham
Yeb quvonganlar ancha
Musofirda sovuqda
Ko'chada yotgan qancha