Текст песни
Nigohlaring sirli boqar Zilola,
Qarashlaring o'tlar yoqar Zilola,
Senga maftun hatto ko'kda hilola
Zilola,Zilola, Zilola.
Erta-yu kech ko'z tutarman yo'lingga,
Kelib qolsang gul tutarman qo'lingga,
Qiynoqda jon yo'l topolmay dilingga,
Zilola,Zilola, Zilola.
Balki sevging pinhon erur dilingda,
Ammo uni chiqarmaysan tilingga,
Rahm etgil men shaydo bulbulingga
Zilola,Zilola,Zilola