Текст песни
Onamga olib bordim to’rtta kulcha non,
Bolanga olib bor dediya onam.
To tongacha yig’ladi osmon,
Uning bilan yig’ladim men ham.
Ko’zlariga tikildim qarab,
Bu ko’zlarda turardim o’zim.
Sochidagi qormidi yo rab,
Qayerlarda ediya ko’zim.
Kimlardandir… Kimlardandir habar olaman,
Ish ham qursin, yumush ham qursin.
Men notovon yomon bolaman,
Onajonim ko’p umr ko’rsin.
Men negadir asal olmadim,
Yo olgani yuqmidi pulim.
Kimlargadir sovg’a bir quchoq,
O’z onamga yo’qmidi gulim.
Allakimga qilgan sovg’amiz,
Hatto ochilmaydi, pisand bo’lmaydi.
Hursand bo’lsin deya tuqqan onamiz,
Bir juft “paypoq” olish esga kelmaydi.