Текст песни
Sen ketarsan ayrilib,
Bag`ri-dilim qon qilib,
Bunchalar zolimsan-ey,
Boqmading bir qayrilib.
Ketma, yonimdan ketma,
Ketma, jonimdan ketma,
Yetsin senga nolalarim,
Ketma, qalbimdan ketma.
Ketma yor, ko`nglingdaman,
Turfa gulzoring bo`lay.
Kechalar oyday to`lib,
Yor, madadkoring bo`lay.
Ketma, yonimdan ketma,
Ketma, jonimdan ketma,
Yetsin senga nolalarim,
Ketma, qalbimdan ketma.