Текст песни
Yaproqlari to'kilsa kuzdek
Dunyolarni unga tor demang
G'ururi bor hammaning sizdek
Musofirni mardikor demang
Tirikchilik ishdadir ular
Sog'inchga dil rishtadir ular
Qo'llari gul ustadir ular
Musofirni mardikor demang
Ey musofirni mardikor demang
Garchi dardga to'la ko'z yoshi
Hech kimsaga yo'q otar toshi
Halolu pok totgan tuz oshi
Musofirni mardikor demang
Musofirni mardikor demang
Mingta gunoh bir oningizda
G'iybat oqti goh qoningizda