Текст песни
Kechagidek yodimda, chunki kecha yonimda
Birga edi men bilan, ketmas edi yonimdan.
Yolg`iz qoldirmas edi, mensiz turolmas edi,
Chunki kecha u mening yarim bo`lagim edi.
Seni sevaman, derdi, so`zimga ishon, derdi
Va bir kuni ketdiyu, menga armonlar berdi.
O`sha armonlar bilan yashayabman men hanuz,
Nega sevdim men o`zi, nega sevdim, ming afsus?
Nega boshladik barini, bir kun kelib tugatsak?
Nega sevdik bir-birimiz, agar ajralib ketsak?
Nega berding umidlar, nega qildik orzular?
Nahot, shunchaki gap-so`zlarda qolib ketdi ular?
Sevgi agar shu bo`lsa, sevgisiga ming la’nat,
Qani baxtli yakuni, azob berdiku faqat?
Baxtli bo`laman, deya sevgan edimku axir,
Nahot, mening peshonamga baxtni yozmagan taqdir?
Axir kechagina yonimda ediku,
Axir kechagina sevaman derdiku.
Axir kechagina biz birga edikku,
Kechagina axir meniku edi u.
Mendan sevgini so`rama, sevgini yomon ko`raman,
Sevgidan kuyib kul bo`lgan, o`sha telba bolaman.
Unutishga urinib, go`yo baxtlidek ko`rinib,
Shularga chidab yuribman, bardosh berib yuribman.
Kechagina axir barchasi, boshqacha ediku hammasi,
Bir zumda ayirdi baxtimdan taqdirning bergan zarbasi.
Ayrilish uchun sevganmidim, axir borimni bergan edim,
Sevdimku axir telba bo`lib, nima yetmadi tushunmadim?
Jonga tegdi, hammasidan charchadim,
U haqida so`rayverib barchadan.
Qayerda u hozir, ekan kim bilan,
Axir kechagina edi men bilan.
Jonga tegdi, hammasidan charchadim,
U haqida so`rayverib barchadan.
Qayerda ekan u hozir, kim bilan,
Axir kecha ediku men bilan.