Текст песни
Mana bugun hammaning ko`zida yosh,
Ajralishar bir-biridan sinfdosh.
Maktab binosi ham turar xomush,
Bu ko`z yoshlarga berolmay bardosh.
Ey sinfdosh, ey sinfdosh,
Unutma do`stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog`larni.
Maktab yillari o`tdi birin-ketin,
Kimdir yoriga izhor qildi sevgisin.
Mayli ularga Xudoyim bersin baxtin,
Ular doimo birga bo`lishsin.
Ey sinfdosh, ey sinfdosh,
Unutma do`stlaringni,
Eslab yuraylik maktab chog`larni