Текст песни
Keldi bahor – ishq fasli bu,
Ma’shuqi gulruxsor qani?
Ishq ahliga to’ldi bu bog’,
Oxir degil: “Dildor qani?”
Kirmam ul uy bebog’ ichin,
Zebo bo’lib, saro chunun,
Da’vogar, ayt-chi rostin,
Zulfimu anbar yor qani?
Har damda shaydo bulbuli,
Yetdi quloqqa kulguli,
Kimga nasib olam guli,
Bezahmatu bexor qani?
Bulbul hamon aylar fig’on,
Har nolasi so’ylar ravon,
Rost aytayin, kezdim jahon,
Bir do’sti ma’nodor qani?
Bir do’sti ma’nodor qani?
Erta, Nizomiy, ochma lab,
Kirsang agar bog’i talab,
Kim ko’rsa gar, desun ajab,
Bulbuli xushguftor qani?
Bulbuli xushguftor qani?