Текст песни
Izhorim aytganda deganding, aslo,
Sen Majnun ahvolin qilmagin havas.
Muhabbat bog'iga yetar bir Laylo,
Endi sen u emas, men ham bu emas
O'zgalar nazdida sursamda davron,
Ayriliq qiymalar dilni beomon.
O'zgalar nazdida sursamda davron,
Ayriliq qiymalar dilni beomon.
Bu kun visol yiroq, tuyg'ular xazon,
Endi sen u emas, men ham bu emas
Hanuz yodimdasan qandoq unutay,
Sog'inching yurakda chalar maxzun nay.
O'zga yor o'zingdek bo'lmasa netay,
Endi sen u emas, men ham bu emas
Hamon olamda sohib chiroysan,
Mujgonlari paykon qoshlari yoysan.
Faqat yot quchoqda balqigan oysan,
Endi sen u emas, men ham bu emas
Izhorim aytganda deganding, aslo,
Sen Majnun ahvolin qilmagin havas.
Muhabbat bog'iga yetar bir Laylo,
Endi sen u emas, men ham bu emas