Текст песни
Bahorlarda ochilgan boychechagim,
Bog`larimga sochilgan boychechagim,
Bu chiroyni, ayt gulim, qaydan olding,
Yuragimga muhabbat kuyin solding.
Boychechagim, qoraqosh boychechagim,
Yulduzlarday sochilgan boychechagim.
Chiroyingni ko`rib, men suyib qoldim,
Qo`lim yetmay o`zingga, kuyib qoldim.
Sochlaringni taraydi shamol, suyib,
Tovoningni o`padi qorlar, erib,
Oftob hayron boqqanda oy yuzingga,
Men turibman chorasiz kunday kuyib.
Boychechagim, qoraqosh boychechagim,
Yulduzlarday sochilgan boychechagim.
Chiroyingni ko`rib, men suyib qoldim,
Qo`lim yetmay o`zingga, kuyib qoldim.