Текст песни
Sendan judo bo`lsamda,
Kecholmadim, azizim.
Bugun ko`zlarimda nam,
Sevgim yolg`on emas hech.
Kechmagan bo`lsang mendan,
So`z ochma judolikdan.
Bu ne siru-sinoat,
Kecholmadim, azizim.
Nimasini ham aytay,
Bu sevgi sir emas hech.
Taqdirga tan bermasdan,
Tolmasman kurashishdan.
Taqdir ekan, tan berdim,
Tole’yimga bitmading.
Ishonaman kun kelar,
Yulduzlar porlab ketar.
Shunda taqdirning o`zi
Sevgimizga tan berar.
Yillar yuvdi ko`nglimni,
Sen yuvilib ketmading.
Mayli sening ko`nglingni
Yil emas, asr yuvsin.
Yurakdagi sevgimning
Qudrati yuvilmasin