Текст песни
Balki o'chgan edim yodingdan,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Laylo, Laylo, sening yoningda
Yaproq kabi ko'rdim o'zimni,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Seni o'ylab kelmaydir uyqu
Qora tunning o'zga sehri bor.
Tushlarimda topay deb gulro'
Man uxlarman mangu ehtimol.
Go'zal tushlar tilayman, Laylo
Yana paydo bo'lding yo'limda,
Yana yo'llaringda bo'zladim.
Bechora qalb sening qo'lingda,
Ko'zlaringda mening ko'zlarim.
Nechun paydo bo'lding yo'limda