Текст песни
Kulgan bu közlarda ibo körmasam.
Oydayin yuzlarda hayo
körmasam. Boldayin sözlarda
vafo körmasam. Kimga
yolvoraman yo Rasululloh. Senga
yolvoraman yo qodir Ollox. Tunda
hayosizdan oy ham yig'lasa.
Majnuntol soch yoyib soy ham
yig'lasa. Farzand ota - ona qadrin
bilmasa. Kimga yolvoraman yo
Rasululloh. Senga yolvoraman yo
qodir Ollox. Odamlar bozorda
iymon sotsalar. Bilib körib turib
vijdon sotsalar. Gunohkor
bandalar tölib yotsalar. Kimga
yolvoraman yo Rasululloh. Senga
yolvoraman yo qodir Ollox.